Ángel Zof
Ángel Tulio Zof (talaffuzi: Anxel Tulio Sof) 1928-yil 8-iyul Santa-Fe shtatidagi Rosario shahrida tavallud topgan. Futbolchi 2014-yil 26-noyabrda Buenos-Ayresda vafot etgan. Argentinalik futbolchi va murabbiyni hurmat bilan „Don Angel“ yoki „El Viejo“ deb atashgan. 2005-yil 21-aprelda unga tugʻilgan shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan[1].
Ángel Zof | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Ángel Tulio Zof |
Taxallusi | Don Angel, El Viejo |
Tugʻilgan | 8-iyul 1928-yil Argentina |
Vafoti | 26-noyabr 2014-yil(86 yosh) Buenos-Ayres, Argentina |
Fuqaroligi | Argentina |
Pozitsiyasi | himoyachi, yarim himoyachi |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anxel Tulio Zof Rosario shahrida tugʻilib oʻsgan, 16 yoshida u mahalliy klublarda „Gafe“ va „Chaves“ klublarida oʻynay boshladi. 17 yoshida u „Rosario Central“ga koʻchib oʻtdi va u yerda 1950-yil 12-oktabrda „Newell’s Old Boys“ga qarshi oʻyinda Argentina birinchi divizionida debyut qildi. Professional sportchi sifatidagi faoliyatidan tashqari, Anxel ertalab boshqa jamoa oʻyinchilari, xususan, himoyachi Federiko Vayro bilan temir yoʻlda ishlagan. U klub safida jami 56 oʻyin oʻtkazgan.
1963-yil noyabrda Argentinaga qaytib keldi. U temir yoʻlda mexanik slesar boʻlib ishlagan.
Trenerlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning murabbiylik debyuti kichik Begand shahri klubida boʻlib oʻtdi. 1964-yilda „Independiente Begand“ menejerlari Ángel Tulio Zofga murabbiylik qilishni taklif qilishdi. Natijada, u Santa Fe oltin kubogini qoʻlga kiritgan jamoani boshqardi, bu jamoa Ángel Tulio Zofning 40 yillik hayotini qamrab olgan ajoyib martaba uchun tramplin boʻldi.
Faoliyati davomida u 910 oʻyin oʻtkazgan: 331 gʻalaba, 312 durang va 267 magʻlubiyat.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sportga bagʻishlangan koʻp yillardan soʻng u 2005-yil 21-aprelda Rosarioning „faxriy fuqarosi“ unvoniga sazovor boʻldi. Tadbir Rosario shahar kengashi aʼzolari bilan toʻla zalda boʻlib oʻtdi. Qolaversa, marosimga kela olmagan koʻplab „Rosario Central“ muxlislari koʻchaga chiqib, murabbiyini kutib olishgan.
Ángel Tulio Zof qisqa nutq soʻzlagan, oʻzining kamtarona feʼl-atvoriga koʻra, hayajondan nafasi tiqilib nutqi ikki marta uzilib qolgan. Ángel Tulio Zof oʻsha vaqtda quvonchidan yigʻlab yuborgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ángel Tulio Zof Buenos-Ayresda 86 yoshida vafot etdi[2].
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Rosario Central | Argentina | 1950-1955 |
Huracán | 1956 | |
Quilmes | 1957 | |
Oro | Meksika | 1958 |
Atlético Celaya | 1958-1960 | |
Morelia | 1961 | |
Toronto Italia | Kanada | 1962 |
Philadelphia Ukrainians | AQSh | 1963 |
New York Hakoah | 1963 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rosario Central statistics (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ Murió Don Ángel Tulio Zof, un ídolo histórico de Rosario Central (isp.)